Payariq tumanidagi 102-maktabda ötkazilgan yiğilişda bolalarning ta’lim-tarbiyasi masalasida fikr-mulohazalar bildirildi. Şuningdek, milliy gvardiya xodimlarining maktablar bilan hamkorligi tartibi aytib ötildi.

«Eng yaxşi narsa nima: Farzandning otalari bilan ğurulanişi emas, ota-onalarning öz farzandlari bilan ğururlanişi muhim. Ota-onalar maktabga kelsin, bolasining özlaştirişi va davomati, qaysi kasbga mehr qöygani bilan qiziqsin. «Özim-ku bölmadim, nima bölsam böldim, endi bolam yaxşi öqisin. Bolam yaxşi öqisa, til bilsa, bir kasbning ustasi bölsa, kelgusida yaxşi yaşaydi, qarigan çoğimda menga suyançiq böladi», deb fikrlaş kerak», — dedi Turdimov

Ota-onalar majlisida çiqiş qilgan Turdimov farzandlarning maktabdagi öqişi va ta’lim oliş uçun şaroit yaratişga befarq ota-onalar haqida ham gapirdi.

«Gilamning yaxşisi mehmonxonada turadi, divan, stol-stulning ham mehmonxonaga qöyadi, televizorning kattasi ham mehmonxonada turadi. Bola esa yerda yotib, çiroq soyasida közlarini pirpiratib dars qiladi. Birinçi navbatda uyda bolalarga şaroit qilib beriş kerak», — dedi Turdimov.

Eslatib ötamiz, 5 fevral kuni prezident şavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş bölib ötgan edi. Yiğilişda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan edi. Jumladan, maktablarda oğriqli masalalardan biri bu – tarbiya va ma’naviyat ekanligi qayd etilib, maktablardagi inspektor-psixologlar ştati Içki işlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga ötkazilişi belgilangan edi.