Ukrainada Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi 12 fevral, çorşanba kuni bölib ötgan yiğilişda xalq deputati, «Yevropa birdamligi» partiyasi yetakçisi va mamlakatning sobiq prezidenti Petr Poroşenkoga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Forbes Ukraine internet naşri uşbu çeklovlar mazmuniga aniqlik kiritmagan holda yozmoqda.

Siyosatçining özi Facebookʼda e’lon qilgan bayonotida unga qarşi sanksiyalar qöllaş qarorini «konstitutsiyaga zid» va «siyosiy sabablarga köra» deb atadi. «Ammo buyurtmaçi, ijroçi va imzolovçi bitta — şaxsan Zelenskiy», — deya ta’kidladi Poroşenko.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 fevral kuni vatandoşlariga kundalik murojaatida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi yiğilişi haqida gapirar ekan, «Ukrainani, Ukraina manfaatlarini, Ukraina xavfsizligini sotiş orqali qölga kiritilgan milliardlab pullar bloklanişi va Ukraina va ukrainaliklarni himoya qiliş uçun işlaşi kerak», dedi. Biroq u aynan nima haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Petr Poroşenkoga nisbatan gumonlar

Forbes Ukraine eslatganidek, 2021 yil 21 dekabrda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi arafasida SBU Petr Poroşenko davlatga xiyonatda gumon qilinayotganini e’lon qildi. «U göyoki Viktor Medvedçukning sxemasida iştirok etgan», deb yozadi naşr. SBU ma’lumotlariga köra, Poroşenko Janubiy Afrikadan kömir yetkazib berişni töxtatişga yordam bergan.

Petr Poroşenko 2014 yilning 7 iyunidan 2019 yilning 20 mayigaça Ukraina prezidenti bölgan.