Germaniya va uning ittifoqçilari Rossiyani töxtatib turiş uçun Qora dengizdagi harbiy iştirokini kuçaytirişi kerak, dedi Ukraina prezidenti Petr Poroşenko Funke Media Group’ga bergan intervyusida.
«Biz Rossiyani tutib turuvçi omil sifatida Germaniya va ittifoqçilarning Qora dengizdagi harbiy iştirokini kuçaytirişimiz kerak», dedi Poroşenko.
Uning sözlariga köra, «Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga toqat qilib bölmaydi. Xalqaro hamjamiyat va birlaşgan Yevropa Rossiyaga nisbatan bosimni kuçaytirişlari şart».
Avvalroq Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin mamlakat hukumati Ukrainadagi qator portlarni Rossiya kemalari uçun yopib qöyişi mumkinligini bildirgandi.

















