AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning qamoqda vafot etilgani haqida xabar berilganidan keyin birinçi marta uni tilga oldi. 

Şu bilan birga, Tramp Navalniy ölimi haqida töğridan-töğri gapirmadi va Rossiya rahbariyatini tilga olmadi, balki AQŞ içki siyosiy muammolari bilan boğladi. 

«Aleksey Navalniyning tösatdan vafoti meni mamlakatimizda bölayotgan voqealarni tobora köproq tuşunib yetişga majbur qildi. Bu şunday yöl-ki, radikal söl siyosatçilar, prokurorlar va sudyalar bizni sekin halokatga olib bormoqda», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda. U amerikaliklarni «mağlub bölgan millat» deb atadi. 

Aleksey Navalniy vafotidan söng ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Donald Trampni xuddi Vladimir Putin kabi bölib ötgan voqealarga izoh bermagani uçun tanqid qilişgan edi. 

AQŞ prezidenti Jo Bayden 16 fevral kuni Aleksey Navalniyning vafoti munosabati bilan maxsus murojaat bilan çiqdi. Uning aytişiça, Navalniyning ölimida şaxsan Rossiya prezidenti aybdor. «Navalniy bilan sodir bölgan voqea Putinning şafqatsizligining yana bir dalilidir», dedi Bayden.