Amsterdam apellyatsiya sudi Rossiyaning YuKOS neft kompaniyasi sobiq asosiy aksiyadorlariga 50 milliard dollar tölaş majburiyatini yuklagan hakamlik sudi qarorini bekor qiliş haqidagi iltimosini rad etdi. Reuters agentligining 20 fevral, seşanba kuni qayd etganidek, apellyatsiya sudi qarori oldidan Niderlandiya sudlarida köp yillik sud jarayonlari bölgan. Haagadagi arbitraj sudi 2014 yilda Moskva Rossiyaning sobiq eng yirik neft kompaniyasi bölgan YuKOSni bankrot qilişga qaratilgan harakatlarni amalga oşirib, xalqaro majburiyatlarini buzganini aniqladi. 

Amsterdam apellyatsiya sudi qarori ustidan yutqazgan tomon Niderlandiya oliy sudiga şikoyat qilişi mumkin. RBK agentligi ta’kidlaganidek, Niderlandiyaning De Brauw Blackstone Westbroek yuridik firmasi mutaxassislari bahsda YuKOS sobiq aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilgan. Niderlandiya oliy sudi qarori qabul qilinişiga bir yarim yildan ikki yilgaça vaqt ketişi mumkin, deb hisoblanmoqda.

YuKOS aksiyadorlariga pul tölamaslik uçun 

2015 yil 4 dekabrda Rossiya Davlat dumasi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudiga Rossiyada xalqaro sudlar qarorlarini amalga oşirişni imkonsiz deb tan oliş huquqini beruvçi qonunni qabul qildi. Bu Rossiya hukumatiga xalqaro organlarning Rossiyada huquqlari buzilganidan şikoyat qilgan yuridik va jismoniy şaxslar foydasiga qabul qilingan qarorlarini e’tiborsiz qoldiriş imkonini beradi. 

Uşbu qonun loyihasining qabul qilinişiga faqat uç nafar rossiyalik parlamentariy qarşi ovoz berdi. Ulardan biri Dmitriy Gudkov, öşanda u yangi qonun yagona maqsad - «YuKOS işi» böyiça qarorlar ijrosini çetlab ötişni közlayotganini ta’kidladi, buning asosida Rossiya Federatsiyasi uşbu kompaniya aksiyadorlariga 50 milliard dollar tölaşi şart.