Farmonga ko‘ra, turizm markazlari hududida joylashgan savdo-ko‘ngilochar majmualarida QQS bilan sotilgan ayrim turdagi tovarlarga nisbatan tax free tizimi qo‘llanadigan chakana savdo shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini tax free tizimi asosida qaytarish tajriba tariqasida joriy etilgan. 

Shuningdek, turizm markazlari uchun quyidagi vaqtinchalik imtiyozlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilandi:

  • AOS stavkasi — 1 foiz;
  • ushbu hududlardagi obektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilash.

Yuqoridagi imtiyozlarni tatbiq etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan taqdirda, ular bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilgandan keyin qo‘llanadi.