Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy yetakchilik qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 9,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinni Rossiya Federatsiyasi egalladi. Hisobot davrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 7 milliard dollarga yetdi.
Qozog‘iston esa 2,8 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qatoridan Turkiya (1,4 milliard dollar), Afg‘oniston (1,1 milliard dollar), Koreya Respublikasi (940 million dollar), Fransiya (890,9 million dollar), Birlashgan Arab Amirliklari (807,7 million dollar), Qirg‘iziston (624,6 million dollar) va Germaniya (623,2 million dollar) o‘rin oldi.
Mazkur davlatlar 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining asosiy qismini ta’minlagan.










