20 fevral kuni Sankt-Peterburg şimolidagi Pargolovo qişloğidagi Viborg şossesida özbekistonlik taksi haydovçisiga killer tomonidan hujum qilindi. Rossiya Tergov qömitasi qotillikka suiqasd moddasi böyiça jinoyat işini oçdi.
Qayd qilinişiça, qotil qora rangli Toyota Camry maşinasida bolalarni 622-sonli gimnaziyaga olib kelgan 42 yoşli özbekistonlik taksiçi Rustambek Aldayevning boşiga töpponçadan öq uzgan. Tergov qömitasi e’lon qilgan kadrlarda yuzini qalpoq ostiga yaşirgan erkak haydovçiga yaqinlaşib, bola va ötkinçilarning köz öngida unga öq uzgani körinadi.
«Noma’lum jinoyatçi noma’lum sabablarga köra qotillik maqsadida 42 yoşli erkakning boşiga öqotar quroldan öq uzgan, şundan söng, voqea joyidan qoçib ketgan», deyiladi qömita xabarida.
Jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan, hozir şifokorlar uning hayoti uçun kuraşmoqda, bemorning ahvoli öta oğir. Hozirça hujum sabablari noma’lumligiça qolmoqda.













