«Biz, 810-gvardiya brigadasi dengiz piyodalari desantçi birodarlarimiz bilan rasman ma’lum qilamiz: Krinki — bizniki! Biz qayerda bölsak — ğalaba öşa yerda!». Yuzi blur qilingan ikki askar Rossiya va dengiz piyodalari bayroğini vayron bölgan bino hududida tutib turgani aks etgan video seşanba kuni Xerson oblastining Moskva tomonidan tayinlangan ma’muriyati rahbari Vladimir Saldoning telegram-kanalida e’lon qilindi. 

«Raqibning Dnipro çap sohilidagi mavjudligi yöq qilindi», — degan Saldo.

Çorşanba kuni Ukraina tomoni kadrning davomini e’lon qildi. Xuddi şu joyda ukrainlar droni tomoni olingan videoyozuvda xarobalar ustiga bayroq örnatgan ikki askar u yerdan qoçib qolgani aks etgan — ular dala va yöllarni kesib ötib, örmon içiga yaşirinişgan.

Boşqa videoda esa ukrainalik harbiy Krinki böylab, aniqroği uning xarobalari böylab «videoekskursiya» uyuştirgan.

Xuddi şu kuni Saldo bilan birgalikda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu ham Krinki egallangani haqida e’lon qildi.

«Krinki tozalandi. Rossiya qöşini amalda Dniproning butun sohili böylab pozitsiyalarni egalladi. Biz Krinki va Konki daryolari sohillarini ham nazorat qilmoqdamiz», — deya hisobot bergan u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda.

Şoyguning ukrainlarning Dnipro daryosi çap sohilidagi platsdarmi yöq qilingani töğrisidagi bayonotga rossiyaliklarning Z-blogerlari ham işonmadi.

«Krinki egallangani yoki yöqligi borasida, öylaymanki, töğridan töğri öşa joyda vazifalarni bajarayotganlardan aniqroq bilib olamiz», — deya ehtiyotkorlik bilan fikr bildirgan Rybar telegram-kanali boşlovçisi Mixail Zvinçuk.

Rossiyaliklarning boşqa bir telegram-kanali «Voyenniy osvedomitel» esa Krinki egallangani borasida yanada oçiqroq fikr bildirgan: «Ayni vaqtda voqea joyidagi manba bu faktni tasdiqlamayapti, duşman hali ham aholi yaşaş manzilining qoldiqlari ustidan nazoratni saqlab qolmoqda. Qolaversa, Krinki tozalangani haqidagi bayonot va xuddi şu vaqtda duşman qöşni yertölalarda ötirgani haqida berilgan bayonotlar şunçaki bir-biriga zid».