«Özbekiston–2030» strategiyasini «Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Unda çang böronlariga qarşi kuraşiş va ularning salbiy oqibatlarini yumşatiş çora tadbirlari ham belgilangan.
Jumladan, 2024 yil 1 martdan boşlab:
- Toşkent şahrida yuk taşiş uçun möljallangan, ruxsat etilgan töla vazni 10 tonnadan yuqori bölgan N2, N3, O4 toifaga kiruvçi avtotransport vositalarining harakati tiğiz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Bunda, uşbu çeklovlar maxsus xizmat, şu jumladan, kommunal xöjaligi, obodonlaştiriş va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi;
- hududlarda çang böroni sodir bölayotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarraçalari belgilangan normadan yuqori bölgani aniqlanganda aholini ogohlantiriş, yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklariga çalingan hamda soğliği havoning ifloslanişiga ta’sirçanligi yuqori bölgan boşqa fuqarolarni zarur profilaktik çoralar töğrisida doimiy xabardor qiliş amaliyoti yölga qöyiladi;
- ölçami 500 metr kvadrat va undan ortiq bölgan quriliş maydonlarida, unga kirib-çiqiş yöllarida çang va qum zarraçalarining havoga kötarilişini bartaraf etiş böyiça majburiy talablar joriy etiladi.
2030 yilga qadar Toşkent va Nukus şaharlari, viloyatlar markazlarida «YeVRO–5» va undan yuqori standartlariga muvofiq bölmagan avtomaşinalar ekspluatatsiyasi bosqiçma-bosqiç çeklanadi.
Keng jamoatçilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar çiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytiriş uçun Toşkent şahrida har oyning bir iş kuni davomida avtomobillar harakatlanişini (jamoat transportlari, maxsus va şoşilinç yordam xizmatlaridan taşqari) qisqartirişga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» jamoatçilik loyihasi amalga oşiriladi.
Bunda, binosi Toşkent şahrida joylaşgan barça respublika va hududiy ijro etuvçi hokimiyat organlarining rahbar va boşqa xodimlari jamoat transportida iş joyiga kelişi orqali namuna körsatadi.

















