Markaziy bank yanvar oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 13,5 foizni taşkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toşkent şahri – 16,5 foiz va Farğona viloyatida – 15,2 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpoğiston – 10,3 foiz va Andijon viloyatida – 11,3 foiz sezilgan.

Dekabr va yanvar oylarida aholi tomonidan narxlarida yuqori ösiş kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar:

Ötgan oylar davomida quriliş mollari narxlari oşganini sezganlar uluşi 20 foizga, maişiy texnika narxlari oşganini körsatganlar uluşi 14 foizga yetgan.
Daromadlari 7 mln söm va undan yuqori bölgan aholining sezilgan inflatsiya darajasi respublika böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori darajada şakllangan. Xususan, 15 mln sömdan köp daromad egalari sezgan inflatsiya 17,2 foizni taşkil qilgan.

Avvalroq, yanvarda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik ösiş darajasi 8,6 foizga yetgani xabar qilingandi. Sönggi marta bunday past inflatsiya körsatkiçi 2016 yil avgust oyida qayd etilgan.












