Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda 6 ta yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekistonda 2024 yil yakunigacha 6 ta yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Bu “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilangan.
Farmonda xorijiy investorlar ishtirokida Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 2 700 MVt bo‘lgan 6 ta yirik quyosh elektr stansiyalarini 2024 yil yakuniga qadar ishga tushirishni ta’minlash topshirildi.
Respublikada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish uchun qulay sharoitlarni yaratish va “yashil energiya” manbalari salmog‘ini oshirish maqsadida 2024 yil 1 aprelga qadar “yashil energiya” sertifikatlari aylanmasi bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlanishi lozim.
2024 yil 1 apreldan boshlab iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) va ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
11:02 / 25.11.2025
Toshkent havosi doimiy onlayn nazorat qilinadi: 347 ta stansiya yagona tizimga ulanadi
07:36 / 23.10.2025
Foto: tashlandiq tadqiqot stansiyasini “egallagan” oq ayiqlar
21:33 / 12.06.2025