YouTube foydalanuvçilari maşhur xizmatning brauzer versiyasida video köriş sahifasining yangi dizaynini payqaşdi.
Asosiy özgarişlardan biri video tavsifi va izohning ekranning öng tomoniga köçirilişi böldi. Böşatilgan maydonni endi kattaroq prevyu va çeksiz tavsiyalar bloki egalladi.


Ta’kidlanişiça, uşbu özgarişlar bilan Google foydalanuvçilarni saytda iloji boriça uzoqroq uşlab turişni, darhol keyingi videoni yoqişini istaydi.
Yangi dizaynga mustaqil öta olmaysiz: u turli mamlakatlardagi foydalanuvçilar uçun tasodifiy tarzda bosqiçma-bosqiç joriy qilinadi. Uşbu dizayn birinçi marta 2023 yil may oyida taqdim etilgan, ammo hozir, aftidan, u tasdiqlangan va yaqin kelajakda hamma uçun işlaydi.
2024 yil boşidan köplab YouTube foydalanuvçilari veb-versiyaning sekinroq işlayotgani haqida şikoyat qila boşladilar. Bu, ayniqsa, töliq ekran rejimiga ötişda sezildi. Ma’lum bölişiça, muammo reklama blokerlari, xususan AdBlock bilan boğliq. Ular işlayotganda, hatto Internet barqaror bölsa ham, videolarni yuklaş sezilarli darajada köproq vaqt oladi.
2023 yil oktyabr oyida YouTube xizmati reklama blokerlariga qarşi uruş e’lon qildi, çunki reklama xizmat daromadining deyarli 80 foizini beradi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, tez orada har qanday kontentni reklamasiz köriş tobora qiyinlaşib qolişi ehtimoldan xoli emas.












