O‘zbekiston | 12:05 / 26.02.2024
2280
2 daqiqa o‘qiladi

AKT sohasida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha akademiya tashkil etiladi

O‘zbekiston va BAA dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilari o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiyaning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi davomida Dubay xalqaro moliya markazida (DIFC) Uzbekistan Outsourcing Conference mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi ikki davlat korxonalari vakillari qatnashgan tadbirda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida IT-sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazir Sherzod Shermatov anjumandagi nutqida, O‘zbekistonda IT- sohasida amalga oshirilgan ishlar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xorijiy kapitalga ega korxonalarga taqdim etilayotgan imtiyozlar va istiqboldagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi va Achar Apps ventures kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda AKT sohasida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha akademiya va markazlar tashkil etish, mahalliy AKT korxonalari iqtisodiy o‘sishiga investitsiyaviy ko‘maklashish yo‘nalishlarida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzoladi.

Mavzuga oid