"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Saloh al-Usmon 2021 yilda O‘zbekistonda Boursa National kompaniyasining filialini ochib, Kuvaytning xususiy kompaniyalariga konsalting xizmatini ko‘rsatib kelayotganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston mutasaddi vazirliklari bilan qator tadbirlar o‘tkazgan.
Kuvayt tomoni, shuningdek, O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida qator tadbirlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Kuvaytning Boursa National: Emerging Markets Consulting kompaniyasi va O‘zbekistondagi konsalting kompaniyalari o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazish rejalashtirildi.















