Ötgan oylar mobaynida keng muhokamalarga sabab bölgan Soliq kodeksining 227-1-moddasi böyiça jarima miqdori 98 foizga pasaytirildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.
Ilgari bu modda böyiça fiskal belgilarni aks ettiriş yoxud avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalari bilan jihozlaş yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş böyiça qonunçilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buziş, şuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) işlab çiqaruvçilar, import qiluvçilar va sotuvçilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş realizatsiya amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşum miqdorida jarima solişga sabab bölar edi.
Kiritilgan özgarişlar bilan, bu huquqbuzarlik birinçi marta sodir etilganda realizatsiya amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşumning 2 foizi miqdorida jarimaga sabab böladi.
Şuningdek, bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof tuşumning 20 foizi miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Bu – prezidentning 38-sonli farmonida nazarda tutilgan. Farmon kuçga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227-1-modda) uçun qöllangan moliyaviy jarimalar böyiça mavjud qarzdorlikning foizi hisobdan çiqariladi va qarzdorlikni undiriş bilan boğliq sud va ijro işlari tugatiladi.
Undirilgan jarima summalarining foizi kelgusi tölovlar hisobiga tadbirkorlik sub’yektlariga qaytariladi.
227-1-modda haqida
2023 yil mart oyida Soliq kodeksiga özgartirişlar kiritilib, 227-1-moddasi qöşilgan edi. Unga köra, tadbirkor markirovka qoidalarini buzsa, maxsus hisoblaş dasturlarini soliq organi bazasiga integratsiya qilmasa, bir çorakdagi (3 oy) sof tuşumining 100 foizi miqdorida jarimaga tortiladi. Bu jarimaning yuqoriligi tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bölib kelyapti.
2023 yil oxirida Prezident huzuridagi kengaş markirovkalaş böyiça jarimani kamaytirişni söradi













