«Dok-1 Maks» ishida Ulug‘bek Egamovga nisbatan tergov organiga xabarnoma yuborilgani ma’lum bo‘ldi
«Dok-1 Maks» ishi sudiga raislik qilgan sudya Muso Yusupovga ko‘ra, Farmagentlik rahbari sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Egamovga nisbatan tergov organiga xabarnoma yuborilgan. Agar uning harakatlarida jinoyat tasdiqlansa, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.
26 fevral kuni «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga yetdi hamda sud hukmi o‘qildi. Hukmdan so‘ng ishni ko‘rgan sudya Muso Yusupov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida ishtirok etgan Kun.uz muxbirining ma’lum qilishicha, Muso Yusupov Farmagentlik rahbari sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Egamovga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ishi tergovga oshirilgani, ammo u sud jarayonlarida sudlanuvchilar ro‘yxatida ko‘rinmagani haqidagi savolga javob qaytarib, hech kim ko‘rsatuv bermasa shaxsni ayblash to‘g‘ri bo‘lmasligini bildirgan.
«Xabarlaringiz bor, jinoyat ishi ko‘rilish jarayonida advokatlar tomonidan iltimosnoma kiritilishidan oldin biz Egamovni sudga chaqirib, so‘roq qildik. Biz advokatlarning iltimosnomasi yuzasidan ajrim chiqardik.
Bitta narsani to‘g‘ri qabul qilish kerak. Shaxsni ayblash qiyin. Hammamiz ko‘rdik, inspeksion tekshiruvdan agentlik rahbarining tashabbusi bilan olingani ayblovdan o‘tdi. Agentlik rahbariga murojaat qilinganmi, yo‘qmi degan masala ko‘rildi. Agentlik rahbari tomonidan sud ish ko‘rilayotgan vaqtda “Men seni deb o‘tiribman. Qancha pora olding?“ degan savollar ham bo‘ldi. Biz shu holatni tekshirish uchun o‘sha payti tergovga yubordik, lekin bu holatni tergov jarayonida birorta guvoh tasdiqlamadi. Sudda ham shu savolga to‘xtaldik. “Sizlarda birorta dalil bormi aynan shu insonning tarkibida zahar mavjud bo‘lgan dorini O‘zbekistonga import qilgan korxonani inspeksion tekshiruvdan olib tashlash bo‘yicha aralashuvi bo‘lganmi?“ degan savolni qo‘yganimizda yo‘q degan fikr bildirildi. Endi bitta shaxsga hech kim ko‘rsatuv bermasa, uni ayblash o‘z-o‘zidan to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Lekin bitta narsaga amin bo‘ldikki, aynan Telegram’da birinchi o‘rinbosarning yozishmalari bor. Inspeksion tekshiruvdan olib tashlash, inspeksion tekshiruv bayonnoma o‘zgarishi kerak bo‘lsa, rahbar o‘zgartirib, qo‘l qo‘yib beradi, degan ko‘rsatuvlari bor edi. Biz shu holatni ham tergov organi yana bir marta ko‘rsin, balki tergov jarayonida yangi holat aniqlanar, degan fikrga keldik. O‘sha holatga ham baho berish uchun sud yakuni bo‘yicha Jinoyat protsessual kodeksning 417-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasida xabarnoma yubordik. Tergov organi buni tekshiradi. Harakatlarida jinoyat ishi tasdiqlansa, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi”, degan sudya.
Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha 23 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi e’lon qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

10:09 / 14.03.2025
Fuqarolar sud jarayonida masofadan turib ishtirok etishi mumkin

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

19:28 / 06.03.2025