Ukrainada uruşning 733-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Anneksiya qilingan «DXR» rasmiylari Avdiyivka atrofida amerikaliklarning Abrams tanki yöq qilingani haqida xabar berdi — bu uruş boşidan buyon birinçi holat. Ukraina qurolli kuçlari tank zarbaga uçraganini rasman tasdiqlamagan.
  • Belgorod oblastida dron hujumi oqibatida uç kişi halok böldi, yana uç kişi jarohat olgan.
  • Vengriya parlamenti Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişini ma’qulladi. Bu Stokholm alyansga a’zo bölişidagi sönggi tösiq edi.
  • Rossiya droni 25 fevral kuni Mikolayivga taşrif vaqtida Germaniya TIV rahbari Annalena Berbokning kortejini kuzatgan. Şundan söng vazir darhol Ukrainani tark etgan.
  • Der Spiegel naşri tasdiqlaşiça, Germaniya Ukrainaga snaryadlar yetkazib beriş böyiça Hindiston bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqda.

Qöl yoki oyoğidan ayrilgan ukrain askarlarining reabilitatsiya jarayoni

22 yoşli ukrainalik jangçi Valentin Kiyevdagi reabilitatsiya markazida fizioterapevt bilan işlamoqda. Valentin 2022 yil Baxmut atrofidagi janglarda oyoğidan ayrilgan
Chris McGrath / Getty Images
43 yoşli ukrain askari Oleksandr Kiyevdagi klinikada. Oğir jarohatdan keyin uning ikki qöli va oyoğini kesib taşlaşga töğri kelgan
Chris McGrath / Getty Images