Navoiydagi 2-umumta’lim maktabi direktori Nurqobil Yusupov taşabbusi bilan ta’lim maskaniga sartaroş çaqirilib, sport zalda soçi olingan öquvçining otasi ommaga murojaat bilan çiqdi. Uning videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Özini Alişer Hasanov deb taniştirgan ota bu harakati uçun direktorga nisbatan e’tirozi yöqligini ma’lum qilgan. Kun.uz'ning aniqlik kiritişiça, u Navoiy şahar madaniyat bölimi boşliği lavozimida işlaydi.

“Navoiy şahridagi 2-umumta’lim maktabining 10-sinf öquvçi Ozodbek Haydarqulovning dadasi bölaman. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori tomonidan öquvçilarni göyoki majburlagandek jismoniy tarbiya zaliga olib kirib, ularning soçlarini kaltalatişgani töğrisida rasmlar tarqaldi va keng muhokamaga sabab böldi. Şu sababli uşbu videoni e’lon qilişga ahd qildim.

Hurmatli vatandoşlar, avvalambor men farzandimga voqea bölganidan 2-3 kun oldin soçingni oldir, deya bir neça bor ta’kidladim. Bu holat böyiça maktab direktoriga ham telefon qilib, “Nurqobil aka, bolalarning soçlari ösib ketyapti, nahotki sizlar ham şunga gapirmaysizlar?”, deganman. Öşa kuni maktab direktori namuna sifatida özi sartaroş çaqirtirib, sport zalda bolalarning soçini kaltalatibdi. Lekin bir tomoni borki, direktor ham, maktabda boşqa mutasaddilari ham bolalarni majburan stulga ötirğizib, ularning soçini kalga oldiriş kabi holat röy bergani yöq.

Direktor menga soat 7:30larda telefon qilib, maktabga kelib keting, deganida nima sababdan borişimni söradim. Öğlingizning soçi ösgan ekan, rozi bölsangiz kalta qildirardik, maktabga sartaroş olib kelganmiz, deganiga rozilik bildirdim. Qolaversa, öğlimning aytişi böyiça, öşa yerda direktor şaxsan soçini oldirişga kim namuna böladi, deya sörabdi. Öğlim men, deya özining roziligi bilan oldirgan. Sartaroş ham qanaqa şaklda olay deb sörabdi.

Bolamning va şaxsan ota sifatida mening roziligim bilan bu holat qilingan. Bizning heç qanaqa e’tirozimiz yöq. Qarasam, haqiqatan soçi juda ajoyib, çiroyli olingan, heç qanaqa kulgili holat yoki boşqa narsa yöq. Holat böyiça maktab direktoriga ham, mutasaddilariga ham e’tirozim yöq. Bu normal holat deb hisoblayman.

Töğri, köpçilik ijtimoiy tarmoqlarda maktab sartaroşxona emas, deb yozyapti. Namuna sifatida balki kelajakda öşa maktabda alohida sartaroşxona yoki salon tarzida biror narsa oçiş mumkindir”