“Biz sun’iy intellekt davriga qadam qo‘yar ekanmiz, Honor foydalanuvchilarning istak va ehtiyojlarini qondirish uchun mutlaqo yangi innovatsiyalarni joriy etishga intildi. Biz inson va qurilma o‘zaro ta’siri chegaralarini kengaytiradigan yangi Honor AI smartfonlari va noutbukining global sotuvga chiqarilishini e’lon qilishdan xursandmiz”, dedi kompaniya bosh direktori Jorj Chao.

Sun’iy intellekt asosida ishlovchi Honor Magic 6 Pro

Honor Magic 6 Pro ekran xususiyatlari, suratga olish sifati va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi jihatdan innovatsion qulayliklarni taqdim etadi. Smartfonga Android 14 operatsion tizimi asosida ishlovchi MagicOS 8.0 dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan. Bu sun’iy intellektdan foydalanishni yanada osonlashtiradi.

Magic Capsule va Magic Portal esa foydalanuvchilarga moslashtirilgan va intuitiv darajada tushunarli interfeys taqdim etadi. Ekran yuqori qismidagi bildirishnoma bannerini bosish orqali parametrlar oynasi kengayadi hamda qo‘shimcha ma’lumot va kerakli joyga tezkor kirish taklif qilinadi. Magic Portal’ning sun’iy intellekti matnli xabarlardagi manzillarni tezda taniydi va qulay navigatsiya uchun foydalanuvchilarni Google Map’ga yo‘naltiradi. Ekran TikTok va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar uchun ham ma’lumotlarga kirish va almashishni osonlashtiradi, bu esa foydalanuvchilarga birgina surish orqali onlayn qidiruv natijalarini yo‘naltirish imkonini beradi.

Ilova ishlab chiquvchilari bilan hamkorlik qilish orqali Magic Portal butun dunyo bo‘ylab eng ko‘p ishlatiladigan 100 dan ortiq ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanuvchilarga bir nechta platformalarda uzluksiz ishlashni taqdim etadi.

Honor va Qualcomm kompaniyalari Magic 6 Pro smartfoniga LLaMA2 deb nomlanuvchi katta til modelini integratsiya qilgan. Mazkur til modeli takomillashtirilgan sun’iy intellekt asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga savol-javoblar, matn yaratish kabi turli vazifalarni bajarish imkonini beradi. Bu smartfonlarda sun’iy intellektni qo‘llashdagi yangi bosqich sifatida ko‘rilishi mumkin.

Texnik xususiyatlari

Honor Magic 6 Pro smartfoni 6,8 dyuymli LTPO displeyi bilan jihozlangan. Ularning yangilanish chastotasi 4320 Hz. Qurilma Honor NanoCrystal Shield ekrani bilan jihozlangan. Qattiqligi va tirnalishga chidamliligi bilan mashhur bo‘lgan kremniy nitridli oyna an’anaviy nanokristalli oynaga qaraganda 10 baravar mustahkamroq.

Smartfon Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 8 Gen 3 chipi bilan jihozlangan.