Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yilda bemorlarga bepul berilgan dorilar qiymati ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 2023 yil davomida 962,6 million so‘mlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan. Bu haqda "Dori-darmon" AK boshqarma boshlig‘i Sohib Mahmudov ma’lumot berdi.
2023 yilda 2 154 784 doza grippga qarshi vaksina olib kelingan bo‘lib, bu vaksinalar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga va boshqa tibbiyot markazlariga yetkazib berildi. Kompaniya tomonidan o‘tgan yilda 14,7 milliard so‘mlik 682 465 flakon insulin kirim qilindi, shundan 272 825 flakon insulin Sog‘liqni saqlash vazirligiga yetkazib berildi.
Kompaniya Germaniyaning Biotest Pharma GmbH tomonidan ishlab chiqarilgan 3 800 dona “Intratekt” — odam normal immunoglobulini xaridini amalga oshirdi va shartnoma asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “O‘zmedimpeks” davlat muassasasiga yetkazib berildi.
Umuman olganda, 2023 yil davomida qariyb 68 milliard so‘mlik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari xarid qilindi.
Mavzuga oid
08:29 / 02.02.2026
Chegara orqali noqonuniy dori olib kirishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
10:12 / 28.01.2026
Toshkent viloyatida kuchli dorilar noqonuniy savdosi fosh etildi
09:51 / 24.01.2026