Toşkent metropoliteni Yer usti halqa yölining Turon (13-bekat) va Qipçoq (14-bekat) bekatlari 11 mart, duşanba kuni işga tuşadi. Bu haqda «Toşkent metropoliteni» xabar berdi.

Belgilangan texnik sinov işlari yakunlangan. Bekatlar 11 mart ertalabdan odatiy reja asosida yölovçilar uçun xizmat körsatişni boşlaydi. 

Ta’kidlanişiça, 7 mart kuni Toşkent şahriga yangi 12 ta metro vagoni keltirilgan. May oyi söngiga qadar esa yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari keltirilişi reja qilingan. 

Avvalroq Kun.uz söroviga Transport vazirligi «Turon» va «Qipçoq» bekatlaridagi sinov jarayonlari joriy yilning 15 martiga qadar ötkazilişini ma’lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, Quruvçilar dahasidan Sergeli mavzesigaça bölgan «Turon» va «Qipçoq» metro bekatlarining qurilişi 2023 yil söngida yakunlanib, 15 dekabr kuni poyezdlar harakati sinov tariqasida boşlangandi.

Qöyliqdan Sergeligaça bölgan yerusti halqa yöli jami 7 ta metro bekatini öz içiga olgan. Uning qurilişi 2020 yilning dekabr oyidan boşlangan. 2023 yil aprel oyida bekatlarning 5 tasi aholiga foydalanişga topşirilgandi.