Kuçli qirqtalik röyxatni şakllantirişda ekspertlar tomonidan 300 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ular mehnat qilayotgan taşkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini şakllantirişdagi, tarmoqlarda özgarişlarni amalga oşirişdagi institutsional ta’sir darajasi, fuqarolik jamiyatidagi örni inobatga olindi. Natijada bugun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qöşayotgan, sohalarda muhim vazifalarni bajarib kelayotgan 40 nafar rahbar ayollarning yillik reytingi tuzildi.
Reytingga kirgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, prezident administratsiyasi tizimida – 4 nafar, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida – 4 nafar, Senatda – 6 nafar, Vazirlar Mahkamasida – 3 nafar, qömitalar, idoralar va markazlarda – 11 nafar, siyosiy partiyalar va prokuratura organlarida har birida bittadan, ta’lim sohasida – 5 nafar, moliya sohasida – 3 nafar, inson huquqlarini himoya qiliş sohasida – ikki nafardan vakil.
Reytingdagi rahbar ayollarning 6 nafari ötgan bir yil mobaynida mansab pillapoyalaridan kötarilib, yuqori lavozimlarga tayinlangan.
Ma’lumotlarga köra, hozirda respublika siyosiy partiyalaridagi xotin-qizlarning uluşi 47 foizga, oliy ta’limda 48 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetgan. Rahbarlik lavozimlarda işlayotgan ayollar uluşi 33 foizni taşkil etadi. 2 mingga yaqin davlat va jamoat taşkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda. Bu raqamlar davlat rivojida, ijtimoiy-siyosiy hayotda xotin-qizlarning roli va mavqei ortib borayotganidan dalolat beradi.
Reytingdagi rahbar ayollar tanlagan kasbida endigina faoliyatini boşlab, kelajagini davlat boşqaruvida körayotgan yoşlar uçun namunadir.
Eslatib ötamiz, «Yuksaliş» harakati tomonidan har yili 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan boşqaruvdagi rahbar ayollarning Top-40 talik reytingi e’lon qilib kelinadi (avvalgi yillardagi reytinglar bilan quyidagi havolalarda tanişiş mumkin: 2020, 2021, 2022 va 2023).
Şuningdek, 2023 yilda mintaqa ekspertlari kömagida ilk bor Markaziy Osiyoning yetakçi ayollari reytingi ham












