Britaniya Ukraina qurolli kuçlariga 10 mingtadan ortiq dron yetkazib beradi, deya ma’lum qildi mamlakat mudofaa vaziri Grant Şapps 7 mart, payşanba kuni Kiyevga taşrifi çoğida. Dronlarning aksariyati razvedka uçun işlatiladi, biroq yetkazib beriş dengiz va hujumkor uçuvçisiz apparatlarni ham öz içiga oladi, dedi u.

Birlaşgan qirollik Ukrainaga 325 million funt sterling (380 million yevro) miqdoridagi harbiy yordam paketi doirasida dronlarni topşiradi. «Men Ukrainani töğridan töğri Britaniyaning yetakçi mudofaa sanoatidan olingan eng sönggi uçuvçisiz uçoqlar bilan qurollantiriş böyiça majburiyatimizni mustahkamlayman - töğridan töğri zavod maydonçasidan to frontgaça. Men xalqaro hamkorlarni Britaniyaga bu harakatda qöşilişga undayman», - dedi Şapps.

Dronlar uruşda muhim rol öynaydi

Harbiy ekspertlar ta’kidlaganidek, uçuvçisiz uçoqlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida muhim rol öynay boşladi. Fevral oyi boşida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatda maxsus uçuvçisiz tizimlar qöşinini yaratişga buyruq bergan edi. Uning sözlariga köra, bu «yaqin kelajakda juda aniq natija berişi kerak», çunki dronlar «yerdagi, osmondagi va dengizdagi janglarda öz samaradorligini isbotlagan».