5 mart kuni soat 15:30lar atrofida Guliston şahridagi 8-maktabda yangi tizim asosida işlayotgan qorovul maktabga kiriş joyida Milliy gvardiya kiyimidagi yoş yigitni şubha uyğotgani uçun töxtatgan.

Idora matbuot xizmati xabariga köra, u soxta guvohnoma körsatib, maktabga kirişi kerakligini aytgan. Maktab ma’muriyati esa bu şaxsni avval uçratmaganliklari va u maktabga biriktirilmaganini bildirgan.

Milliy gvardiya xodimlari noma’lum şaxsdan qalbaki guvohnomani topşirişni söraganida, u xodimlarga qöpol munosabatda bölib, faol qarşilik körsatişga uringan. Unga nojöya harakatlarining salbiy oqibatlari tuşuntirilgan holda, tinçlantirilgan.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Olib borilgan tekşiruvlar davomida bu şaxs Guliston şahrida joylaşgan 16-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi U.X. ekani aniqlangan. Undan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va soxta guvohnomasi olib qöyilgan.

Yigitning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqçi bölgani va buning sabablarini aniqlaş yuzasidan Guliston şahar prokuraturasi suriştiruv ötkazmoqda.

Eslatib ötamiz, fevral oyidan boşlab Milliy gvardiya xodimlari maktablarda davomatni yaxşilaş va tartibni saqlaşga jalb etildi. Maktablardagi inspektor-psixologlar IIVdan MG tuzilmasiga ötkazildi.

6 mart kuni e’lon qilingan qonun loyihasiga köra, Milliy gvardiya xodimlariga bolani tarbiyalaş va ta’lim beriş böyiça majburiyatni bajarmaslik, jamoat joyida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qiliş, voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilişda ayblangan şaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortiş vakolati beriladi.

Avvalroq Qoraqalpoğistonda mast erkak maktabga bolta kötarib kelgan, Toşkent viloyatidagi maktabda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazilgan edi