Navoiy şahridagi “Farhod” madaniyat saroyida ötgan tantanali tadbirda “NKMK” AJ Boş direktori Q.Sanaqulovning bayram tabrigida kombinat xotin-qizlarning korxona faoliyatidagi örni va hissasi alohida ta’kidlandi.

Bugungi kunda kombinat Özbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirişga munosib hissa qöşib kelyapti. Keyingi yillarda yirik investitsion loyihalarning amalga oşirilişi natijasida 5, 6, 7-gidrometallurgiya zavodlari va 2-gidrometallurgiya zavodining ikkinçi navbati işga tuşirildi. Yangi quvvatlarni foydalanişga topşiriş hisobiga mahsulot işlab çiqariş hajmi yanada oşdi.

Bu yutuqlar zamirida kombinatda mehnat qilayotgan 6 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor. Ular orasida iqtisodçilar va hisobçilar, huquqşunoslar, loyihaçilar, kran maşinistlari, dasturçilar, muhandislar, quruvçilar, operatorlar, ijtimoiy soha xodimlari va boşqa kasb egalari borligi haqiqiy ibrat namunasidir.

- Bayram arafasida “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlanganim haqidagi xuşxabardan könglim toğdek kötarildi. – Bu mukofotni nafaqat menga, balki jamoamiz xotin-qizlari mehnatiga berilgan rağbat deb bilaman, – deydi “Zarmitan” koni laboranti Mastura Qudratova.

Kombinat ma’muriyati kasaba uyuşma kengaşi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qiliş, ularga munosib iş şaroitlarini yaratiş hamda rağbatlantirişga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda.

“Farhod” madaniyat saroyida ötgan tadbirda soha ilğorlaridan bir guruhi “NKMK faxriysi” kökrak nişoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Badiiy jamoalar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar davraga fayz bağişladi.

Siroj Aslonov olgan suratlar.

“NKMK” AJ matbuot xizmati