Nyu-York şahrida Özbekiston va Beliz örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida qöşma kommyunike imzolandi.

"Dunyo" xabariga köra, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzoladi.

Tomonlar xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslaşgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdan manfaatdorlik bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlikning özaro manfaatli yönalişlarini aniqlaş uçun özaro aloqalarni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Şu tariqa, Markaziy Amerikada joylaşgan Beliz Özbekiston bilan diplomatik aloqalar örnatgan 147-davlat böldi.

5 mart kuni Nyu-York şahrida Özbekiston va Lixtenşteyn knyazligi örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi qöşma kommyunike imzolangan edi. Lixtenşteyn Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 146-davlat sanaladi.