Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa davlatlarini mamlakatga qurol va öq-dorilarning «çeksiz va öz vaqtida» yetkazib berilişini ta’minlaşga çaqirdi. «Ukrainaga tomçi-tomçi yordam beriş strategiyasi endi iş bermayapti. Agar hamma narsa hozirgidek davom etsa, demak, heç kim uçun yaxşilik bilan tugamaydi», dedi Kuleba 8 mart, juma kuni Vilnyusda Latviya, Litva, Estoniya va Fransiya TIV rahbarlari bilan bölib ötgan qöşma matbuot anjumanida.
Ukraina diplomatiyasi rahbarining fikriça, Yevropada tinçlik davri tugadi. Va endi «zaif qarorlar» - «katta uruşlarga», «kuçlilari» esa - ularning tugaşiga olib keladi.
Kuleba Ukrainada xorijlik harbiylar mavjudligi bilan boğliq heç qanday muammo körmayapti
Dmitriy Kuleba, şuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga harbiy xizmatçilarni yuboriş imkoniyatini inkor etib bölmaydi, degan sönggi bayonotiga ham izoh berdi. «2014-2022 yillar oraliğida Ukrainada köplab öquv missiyalari juda samarali faoliyat körsatdi. Men bu davom etmasligi uçun heç qanday sabab körmayapman», dedi u.
Bir kun avval AQŞ prezidenti Jo Bayden xalqqa murojaatida Ukrainaga Amerika qöşinlarini jönatiş niyatida emasligini aytgan edi. Ammo şu bilan birga, u mamlakatga harbiy yordam körsatişni davom ettiriş haqida gapirdi.
Zelenskiy ham Ukrainaga yordam keçiktirilganidan şikoyat qildi
2024 yil fevralida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kupyansk yaqinidagi Ukraina qöşinlarining pozitsiyalariga taşrif buyurganidan söng, Rossiya armiyasi ittifoqçilar tomonidan Ukrainaga yordam beriş keçikişidan foydalanayotganini aytdi. Şu sababli, uning sözlariga köra, frontning bir qança qismlarida «juda oğir vaziyat» yuzaga kelgan.

















