Rossiya Harbiy-dengiz floti boş qömondoni admiral Nikolay Yevmenov işdan böşatildi, deb xabar bermoqda Rossiyaning «Fontanka» va «Izvestiya» naşrlari 10 mart, yakşanba kuni özining xabardor manbalariga tayanib. 

Uşbu OAV ma’lumotiga köra, Şimoliy flot qömondoni Aleksandr Moiseyev harbiy-dengiz floti boş qömondoni vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. 

Rasmiy ravişda, Rossiya Mudofaa vazirligi şaxsiy tarkibdagi özgarişlar haqida xabar bermadi. 

Yevmenov Moiseyevga almaştirilgani haqidagi ma’lumotni Ura.ru agentligiga Qora dengiz flotining sobiq qömondoni, iste’fodagi admiral Vladimir Komoyedov tasdiqladi. «Ha, bu işonçli ma’lumot. Men bu haqda bilaman. Bu haqda keyinroq xabar qilinadi deb öylayman», dedi u agentlik jurnalisti bilan suhbatda. Komoyedov bu ma’lumot unga yigirmata manbadan xabar qilinganini bildirdi. 

Nikolay Yevmenov 2019 yil may oyidan beri Harbiy-dengiz floti qöşinlarini boşqarib kelgan. 

Oxirgi oylarda Rossiya Ukraina dengiz uçuvçisiz uçoqlarining hujumlari tufayli ketma-ket bir neça Qora dengiz floti harbiy kemalarini yöqotdi. Ukraina qurolli kuçlari ma’lumotlariga köra, 5 mart kuni «Sergey Kotov» patrul korveti yöqotilganidan keyin Rossiya harbiy kemalari Qora dengizda jangovar navbatçilik qilişni töxtatgan.