Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Rim papasi Fransiskning Rossiyaning Ukrainaga qarşi ikki yildan ortiq davom etgan uruşidan söng «oq bayroq kötariş jasorati» haqidagi bayonotiga izoh berdi. 

«Putinni Ukrainadan armiyani olib çiqib ketiş uçun jasoratga çaqirişga qarşi muvozanatni saqlaşga nima deysiz? Tinçlik muzokaralarsiz darhol kelgan bölardi», deb yozgan Sikorskiy 10 mart, yakşanba kuni X platformasida. 

U bir kun avval Şveytsariyaning RSI teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida pontifikning katta rezonansga sabab bölgan sözlariga şunday munosabat bildirdi. «Vaziyatni körgan, xalqni öylaydigan, oq bayroq körsatib, muzokaralar olib borişga jur’at etgan kişi kuçliroq, deb hisoblayman», dedi Fransisk. Keyinroq Vatikan tuşuntirişiça, papa Ukrainaning taslim bölişini nazarda tutmagan, balki muzokaralar ötkaziş va öt oçişni töxtatişga çaqirgan. 

Ukraina yunon-katolik çerkovi rahbari: Taslim böliş heç kimning xayoliga kelmagan 

Nyu-Yorkda safarda bölgan Ukraina yunon-katolik çerkovi oliy arxiyepiskopi Svyatoslav Şevçuk Rim papasi Fransisk intervyusidan söng şunday dedi: «Ukraina yaralangan, ammo zabt etilmagan... Işoning, taslim böliş heç kimning xayoliga kelmagan, hatto bugun janglar ketayotgan joyda ham - Xerson, Zaporijjya, Odessa, Xarkivda. Çunki biz bilamiz: Ukraina qisman bölsa ham egallab olinsa, ölim çegarasi kengayadi».

Şevçuk öz nutqida Rim papasini tilga olmadi, lekin «Ukrainaning omon qolişi mumkinligiga şubha bilan qaraydigan» barçani mamlakatga kelişga va u yerda nimalar bölayotganini körişga çaqirdi. «Kim Ukraina ğalabasiga işonmasa, iqror bölsin», - deya qöşimça qildi u. 

Rim papasi Ukraina böyiça muzokaralar zarurligi haqida 

RSI jurnalisti Lorenso Buççellaning Rim papasiga bergan savoli quyidagiça şakllantirildi: «Ukrainada taslim bölişga, oq bayroqni körsatişga jasorat kerakligi haqida gapirayotganlar bor, ammo boşqalar bu köproq kuçga ega bölganga qonuniylik beradi, demoqda. Bu haqda qanday fikrdasiz?» 

Fransiskning javobi şunday böldi: «Bu talqin. Lekin men işonamanki, vaziyatni körgan, xalqni öylaydigan, oq bayroq körsatişga, muzokara qilişga jur’at etgan kişi kuçliroqdir. Bugun xalqaro kuçlarning yordami bilan muzokaralar olib boriş mumkin. «Muzokaralar sözi - jasur söz. Yöqotayotganlaringizni, işlar yaxşi ketmayotganini körsangiz, muzokara qilişga jur’atingiz bölişi kerak. Uyalasiz, lekin bu qança ölim bilan tugaydi? Öz vaqtida muzokaralar olib boring, vositaçi davlat qidiring. Bugun, masalan, Ukrainadagi uruşda vositaçi bölişni xohlovçilar köp. Turkiya buning uçun özini taklif qildi. Va boşqalar. Vaziyat yomonlaşmagunça muzokara ötkazişga ulgurişdan uyaliş kerak emas».