Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan 2023-2024-öquv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari ayrim talaba-öquvçilariga bazaviy/tabaqalaştirilgan tölov-kontraktning bir yillik öqitiş qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi tölovlarni amalga oşiriş hamda talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştiriş sönggi muddati joriy yil 10 apreliga qadar etib belgilandi.
Uşbu uzaytiriş quyidagilarga taalluqli:
- oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyişi asosida öqişga qatnaşişga ruxsat etilgan, fanlarni özlaştirgan lekin, şartnoma tuzib, tölovlarni belgilangan muddatlardan keçikib amalga oşirgan va bugungi kungaça talabalikka qabul qiliş böyiça buyruq rasmiylaştirilmagan) abituriyentlar;
- xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalardan öqişini köçirayotgan, köçirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
- professional ta’lim muassasalari (kollej, texnikum)ga tölov-kontrakt asosida öquvçilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Eslatma: amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilişi mumkin.

















