Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlariga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda u 5 mart kuni bölib ötgan parlament muhokamalarida gapirdi.
«Biz butun dunyo böylab ittifoq va şeriklik tarmoğimizni mustahkamlaş tarafdorimiz. Markaziy Osiyo – biz köproq işlamoqçi bölgan yönalişlardan biri. Men u yerga borişni rejalaştirmoqdaman. U yerda biz hamkorlik qilişimiz kerak bölgan sohalarni biladigan barça bilan davra suhbati ötkazaman», dedi Kemeron.
Eslatib ötamiz, 2023 yil dekabr oyida Buyuk Britaniya hukumatining Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan 2024 yilda S5+1 formatida sammit ötkazişi rejalaştirilgani ma’lum qilingan edi. Britaniya parlamentiga taqdim etilgan hisobotda mualliflar britaniyalik vazirlarning Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari bilan samarasiz hamkorligini tanqid qilgan, şuningdek, mintaqada Rossiya va Xitoyning ta’siriga faolroq qarşi turişga çaqirgan.

















