Mazkur hujjat bilan 7 ta qonunga davlat hisobidan yuridik yordam oliş huquqiga ega bölgan şaxslarga bunday yordam körsatiş uçun jinoyat, fuqarolik işlari va ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlar böyiça, hamda qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda advokatning iştirok etişini ta’minlaş tartibini belgilaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan özgarişlarga muvofiq:
- suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş töğrisida”gi qonunda belgilangan tartibda gumon qilinuvçining, ayblanuvçining yoki sudlanuvçining himoyaçisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam körsatadigan advokatning iştirok etişini ta’minlaş çoralarini köradi;
- suriştiruvçi, tergovçi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş töğrisida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim çiqaradi va advokatning işga kirişiş vaqtini belgilaydi;
- yuridik yordam körsatiş töğrisidagi qaror yoki sud ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi;
- advokat axborot tizimi orqali avtomatik tarzda tanlanadi;
- advokatning işda iştirok etişi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga işga kirişiş uçun kamida 4 soat vaqt berilişi kerak;
- tegişli işda özining iştirok etişini tasdiqlagan advokat prokurorning qarori va sudning ajrimida belgilangan muddatda işga kirişişi şart;
- advokat gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining iltimosiga köra yoki ularning roziligi bilan boşqa şaxslar tomonidan taklif qilingan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam körsatadigan advokatni jalb qilişga yöl qöyilmaydi.

















