Prezident Şavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelişi munosabati bilan Özbekiston xalqiga tabrik yölladi.
«Butun Yer yuzidagi islom ummati bilan birga jonajon Özbekistonimizning barça mömin-musulmonlari ham qutluğ va muborak Ramazon oyini xursandçilik bilan kutib oldilar. Dunyo musulmonlari uçun eng aziz va qadrli bölgan, barça ezgu niyatlar ijobat böladigan Ramazoni şarifning kirib kelişi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni çin yurakdan muborakbod etib, barçangizga özimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman», deyiladi tabrik sözi boşida.
Davlat rahbari qalblarga iymon nurini bağişlaydigan uşbu uluğ ayyomni yurtimizda hukm surayotgan tinçlik va osoyiştalik muhitida, oilamiz, el-yurtimiz davrasida kutib olayotganimiz uçun Parvardigori olamga çeksiz şukronalar aytişimiz lozimligi ta’kidladi.
Ma’naviy poklaniş, sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda böladigan mohi Ramazonni milliy an’ana va qadriyatlarimizga mos, yuksak darajada ötkaziş, yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etişlari uçun barça şaroitlar yaratilganini qayd etdi.
«Inson qadri – uluğ» degan olijanob tamoyilimizdan kelib çiqqan holda, mazkur fazilatli oyda xalqimiz manfaatlarini ta’minlaş, yoş avlodni bilim-ma’rifat, yaxşi xulq-odob sohiblari etib tarbiyalaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj kişilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jamiyatimiz, el-yurtimiz örtasida mehr-oqibat va özaro hurmat muhitini mustahkamlaş, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlaştirişga qaratilgan savobli işlarimiz yanada ziyoda böladi, deb işonamiz. Zero, hadisi şariflarda zikr etilganidek, bu oyda qilingan birgina yaxşilik ön karra mukofot bölib qaytadi», deyiladi tabrik sözida.
Prezident ta’kidlaganidek, butun xalq bilan birga yaratgan Egamdan dunyoda tinçlik va osoyiştalik qaror topişini, gözal diyorimizdagi tinç-osuda hayot bardavom bölişini çin dildan sörab, Qadr keçalarida ixlos bilan duo qilamiz.
«Fursatdan foydalanib, uşbu şukuhli lahzalarda dunyo mömin-musulmonlarini, döst va hamkorlarimizni muqaddas Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, ularning davlatlari va xalqlariga tinçlik-omonlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz. Ramazoni şarif el-yurtimizga qut-baraka, har bir xonadonga şodu xurramlik, yangi yutuq va omadlar olib kelsin! Ramazon oyi yana bir bor barçamizga muborak bölsin!», deyiladi tabrik sözi yakunida.












