UzAuto Motors kompaniyasi biroz avval e’lon qilgan bayonotiga qöşimça izoh bilan çiqdi.
“Kompaniya xabaridagi asosiy maqsad mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşirişni nazarda tutuvçi dilerlar bilan özaro hamkorlikning yangi tizimiga ötganini e’lon qiliş edi.
Hozirda kontraktatsiya jarayonlari olib borilmayotganini inobatga olgan holda, Chevrolet.uz saytida körsatilgan narxlar 2024 yilning 4-çoragi uçun prognoz körsatkiçlari asosida hisoblab çiqilgan.
Narxlarni oşiriş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan”, – deyiladi kompaniya axborotida.
Bundan avvalgi rasmiy xabarda 2024 yilning ikkinçi yarmida işlab çiqariladigan avtomobillar uçun qöşimça kontraktatsiya oçilişi hamda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5 – 6,7 foizgaça bölgan oraliqda qayta körib çiqilişi aytilgandi.
Şuningdek, kompaniya öz dilerlariga keyinçalik sotiş uçun avtomobillarni xarid qiliş imkoniyatini berişini e’lon qildi. Bunda, dilerlarga avtomobil uçun tavsiya etilgan çakana qiymat belgilanadi.
“Uşbu yondaşuv nafaqat dilerlik markazlari örtasidagi raqobatni kuçaytiradi, balki xizmat körsatiş sifatini yaxşilaydi. Dilerlik markazlari xizmat körsatiş sifati va innovatsion xizmatlarni yaxşilaş orqali qöşimça opsiyalar va aksessuarlarni taklif qiliş imkoniyatiga ega bölişadi”, – deya ma’lum qildi UzAuto Motors.













