2024 yil 1 martdan boşlab:
- yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarning oddiy va murakkab harakatlarni amalga oşiriş imkoniyati baholab boriladi;
- individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq öz-öziga xizmat körsatiş, mustaqil ravişda harakatlaniş imkoniyati çeklangan yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining «soatbay» asosda haftaning barça kunlari xizmat körsatişi uçun qonunçilikka muvofiq moslaşuvçan iş tartibi joriy etiladi.
Reglamentga asosan quyidagilar belgilangan:
- özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarni aniqlaş;
- özgalar parvarişiga muhtoj şaxsning yaşaş şaroitlarini baholaş, yolğiz yaşovçi keksa şaxslarni, nogironligi bölgan va özgalar yordamiga muhtoj bölganlarni reyestrga kiritiş;
- individual ijtimoiy xizmatlar va yordam körsatiş rejasini tasdiqlaş;
- ijtimoiy xizmatlar va yordam körsatiş samaradorligi monitoringini ötkaziş.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mahallalardagi ijtimoiy xodimi, patronaj hamşira va fuqarolarning özini özi boşqariş organi raisi özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarni doimiy aniqlaş işlarini amalga oşiradi va bunday şaxslarni reyestrga kiritiş böyiça “Inson” markaziga maxsus şakldagi sörovnomani kiritadi.
Özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar quyidagi tartibda aniqlanadi:
- mahalladagi ijtimoiy xodim, patronaj hamşira va fuqarolarning özini özi boşqariş organi raisi tomonidan xizmat vazifalarini amalga oşiriş, jumladan, uyma-uy yuriş natijasida şakllantirilgan sörovnomaga asosan;
- yozma, oğzaki yoki elektron şaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuborilgan keksalar, nogironligi bölgan şaxslar yoki ularning qonuniy vakillarining yoki boşqa jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga asosan.
Şuningdek, özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarga ijtimoiy xizmatlarni körsatiş tartibi töğrisidagi reglament tasdiqlandi. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlarning körsatilgan muddati, natijasi, sifati, samaradorligi, bexatarligi mas’ul xodim tomonidan baholansa, ijtimoiy xizmatdan foydalanuvçi tomonidan xizmatdan qoniqiş hosil qilganligi darajasi baholanadi.

















