Prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi «2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga binoan, Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida 21-24 mart kunlari dam olish kunlari etib belgilangan.
Shu munosabat bilan, «Toshshahartransxizmat» AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati qanday tartibda tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra:
- 2024 yil 21 mart, payshanba - Navro‘z bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 22 mart, juma - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 23 mart, shanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2024 yil 24 mart, yakshanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
















