Rossiyada taşlandiq sifatida rasmiylaştirilgan özbekistonlik bola bilan boğliq holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan örganilmoqda.
Qayd qilinişiça, Toşkent şahrida yaşovçi V.D. 2022 yilda tuğilgan nevarasi Z.N. hozir Rossiyaning Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotganini ma’lum qilib, uni Özbekistonga qaytarişda amaliy yordam söragan.
Ma’lum bölişiça, onasi bolani enagaga qoldirib ketgan, enaga esa politsiyani çaqirgan. Politsiya esa bolani vasiylik organiga topşirgan, u yerda bola taşlandiq sifatida rasmiylaştirilib, yangi ism-familiya berilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda mazkur holat yuzasidan kompleks örganiş işlari boşlangan.
Jumladan, V.D. voyaga yetmagan nabirasini uning vasiyligiga ötkaziş uçun zarur hujjatlar Rossiya vasiylik va homiylik organlariga yuborilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, bola heç bir hujjatlarsiz vaqtinçalik parvariş qiliş markazida saqlanmoqda. Rossiya tomoni DNK testini tayinlaş orqali sudda bolaning şaxsini aniqlaş harakatini boşlagan.











