Qayd etilişiça, kömir qazib çiqariş 5 836,0 ming tonna yoki prognozga nisbatan 100,6 foiz (5 800,0 ming tonna) bajarilgan. Iste’molçilarga 5 396,7 ming tonna kömir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 102,6 foiz (5 257,5 ming tonna) bajarilgan.

Işlab çiqariş amaldagi narxlarda 1 469,1 mlrd sömga bajarilib, rejaga nisbatan 100,0 foizni taşkil qildi. Işlab çiqariş taqqoslama narxlarda 1 313,6 mlrd sömni taşkil qilib, rejaga nisbatan 101,7 foizga bajarildi, ösiş sur’ati ötgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foiz.

2023-2024-yillar kuz-qiş mavsumi uçun respublika aholisi va budjet taşkilotlariga jami 1 750,7 ming tonna, şundan aholiga 1 175,9 ming tonna, budjet taşkilotlari uçun jami 574,8 ming tonna, şundan, töğridan-töğri budjet taşkilotlariga 346,2 ming tonna, (DXŞ asosida tadbirkorlik sub’yektlariga 228,6 ming tonna) mahalliy kömir yetkazib berilişi rejalaştirilgan.

2024 yilning 1 yanvar holatiga aholiga 1 mln 102,4 ming tonna, budjet taşkilotlariga jami 569,4 ming tonna, şundan töğridan töğri budjet taşkilotlariga 349,2 ming tonna, davlat xususiy şeriklik (DXŞ) asosida isitiş tizimlarini boşqariş uçun jalb qilingan tadbirkorlik sub’yektlariga 220,2 ming tonna mahalliy kömir ortib yuborildi.