“Foydalanişda bölgan moped yoki skuterlarni davlat röyxatidan ötkaziş böyiça vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2024 yil 1 iyuldan boşlab:

avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va ularga röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarini beriş bilan boğliq murojaatlarni Yöl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi, veb-sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriş va tölovlarni onlayn amalga oşiriş;
röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarini Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimidagi “Davlat raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlaş yöli bilan beriş tartiblari joriy etiladi.

Dvigatelining iş hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oşmaydigan, şuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oşmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oşmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uçun alohida röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari joriy etiladi va 2024 yil 1 iyuldan boşlab bu turdagi yangi transport vositalari umumiy tartibda, foydalanişda bölganlari vaqtinçalik nizom asosida davlat röyxatidan ötkaziladi.

2024 yil 1 iyulga qadar moped va skuterlarni sotiş faoliyati bilan şuğullanuvçi maxsus savdo taşkilotlar (işlab çiqaruvçi, uning vakili yoki vositaçi) Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi “Transport vositalari hisob ma’lumotnomalari” moduliga integratsiya qilinadi va bunday transport vositalari uçun hisob-ma’lumotlarni elektron şaklda berilişini ta’minlaydi.

2024 yil 1 iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasi axborot tizimi orqali Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimiga Özbekistonga kirib kelayotgan dvigatelining iş hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oşmaydigan, şuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oşmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oşmaydigan transport vositalari (moped va skuter) töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etiş yölga qöyilsin.

2025 yil 1 yanvardan boşlab röyxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalaniş amaldagi qonunçilik talablari asosida taqiqlanadi.