Raqobat qömitasi Özbekistondagi eng yirik benzin şoxobçalari tarmoği – UNG Petröning xususiylaştirilişi böyiça örganiş olib bormoqda. Bu haqda qömita raisi örinbosari Farrux Qoraboyev 20 mart kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Bu masalani hozir örganyapmiz. Bizda “Raqobat töğrisida”gi qonunga asosan tegişli mexanizmlar bor: bozor konsentratsiyasini nazorat qiliş nuqtayi nazaridan oldindan rozilik oliş masalasi bor. Lekin ayrim holatlarda istisno tariqasida, agar tegişli qarorlar asosida iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib çiqib va boşqa sabablar bilan alohida tartib belgilangan bölsa, bu mexanizm qöllanilmaydi.
Şuning uçun bu holatda tegişli qonunçilik hujjatlariga ta’siri nuqtayi nazaridan örganyapmiz, örganişlarimiz natijalariga köra qonunçilikka asosan iş köramiz”, – dedi Farrux Qoraboyev.
Raqobat qömitasi bu masalani öz vakolatlaridan kelib çiqib örganişi, masalaning obekt davlat aktivi ekani bilan boğliqlik jihatlariga esa Davlat aktivlarini boşqariş agentligi izoh berişi maqsadga muvofiq ekanini aytdi. Eslatib ötamiz, Davaktiv bu xususiylaştiriş jarayoni böyiça axborot bermay kelmoqda.
Ma’lumot uçun, “Raqobat töğrisida”gi qonunning 26-moddasiga köra, davlat iştirokidagi korxonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (uluşlarning) olinişiga doir bitimlar prezident qaroriga binoan amalga oşirilgan hollarda iqtisodiy konsentratsiya uçun vakolatli davlat organining oldindan roziligini oliş tartibi qöllanilmaydi.
Gazeta.uz'ning yozişiça, UNG Petro tarmoğiga kiruvçi 80 ga yaqin benzin şoxobçalarining umumiy narxi ular joylaşgan yer narxlarini hisoblamaganda 100 mln dollardan kam turmaydi.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, “Özbekneftgaz” AJ affillangan şaxslarining 2023 yil 15 sentabrdagi röyxatida “UNG Petro” MÇJ va “Çinoz neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ bölgan, lekin 2023 yil 20 dekabrdagi röyxatdan bu ikki korxona örin olmagan.












