Kriptovaluta. U nima, qanday paydo bölgan? Köz bilan körinmaydigan, qöl bilan uşlab bölmaydigan bu “pul” kim yoki qaysi davlat tomonidan boşqariladi? Unda tölovlar qanday amalga oşiriladi? Nima uçun uning qiymati kun sayin ortib bormoqda? Bu borada özbekistonliklar uçun eng zarur tavsiyalar qanday böladi? Kun.uz şular haqida soha mutaxassislari bilan suhbatlaşdi.
Kriptovaluta va odatiy valuta örtasidagi farq nimada?
Valutaning eng muhim jihatlaridan biri — unda emissiya qiluvçi (pul çiqaruvçi) muassasa mavjud va tegişli qonunga muvofiq tölovlarning belgilangan hududlarda öz qiymatida qabul qilinişi qat’iy belgilanadi. Yarim asr oldin pullarning qiymati oltin bilan ta’minlangan bölsa, bugungi kunga kelib, ular mamlakatda yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy yiğindisi bilan ta’minlanişi közda tutilgan. Biroq kriptovaluta virtual pul bölib, biz amalda foydalanayotgan pullardan farqli ölaroq, jismoniy ifodaga ega emas. Ularning asosiy xususiyati markazlaşmaganida. Bunda har bir iştirokçi teng huquq va imkoniyatlarga ega böladi. Şuning uçun banklar, soliq, sud va davlat organlari kriptoaktivlar foydalanuvçilarining tranzaksiyalariga ta’sir qila olmaydi. Kriptovaluta hamyonlari va tranzaksiyalari bilan boğliq barça ma’lumotlar blokçeynda saqlanadi.
Ilk kriptovalutalardan biri hisoblangan Bitcoin jahon moliyaviy inqirozidan keyin vujudga kelgan. U 2009 yil 3 yanvarda özini Satoşi Nakamoto deb nomlagan bir yoki bir neça şaxslar tomonidan yaratilgan.
Satoşi Nakamoto ismi ortida turgan kişi yoki bir guruh insonlarning kim ekanligini aniqlaş uçun olib borilgan barça harakatlar zoye ketgani bois, bugungi kunga Bitcoin’ning haqiqiy yaratuvçisi kim ekani noma’lum hisoblanadi.
Bitcoin kriptovalutasi bu – işonçga emas, balki kriptografik kodlaş tizimiga asoslangan, özaro heç qanday vositaçilarsiz (bank yoki boşqa moliyaviy instrumentlar) tölovlarning bevosita iştirokçilar örtasida amalga oşirilişini ta’minlovçi tölov tizimidir.
Bitcoin’ning öziga xos jihatlari:
- markazlaşmagan tizim – bunda har bir iştirokçi teng huquq va imkoniyatlarga ega;
- hisob-kitoblarning töliq şaffofligi – har bir iştirokçi barça tranzaksiyani körişi mumkin;











