Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyati «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan söng rossiyaliklarga murojaat qildi.

U teraktni qonli va vahşiylik deb atadi hamda qurbonlar va jabrlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. U önlab tinç, begunoh odamlar qurbon bölganini esladi.

Putin 24 martni Rossiyada milliy motam kuni deb e’lon qildi.

«Ular [terrorçilar] yaşirinişga urinib, Ukraina tomon harakat qilişdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ularning çegaradan ötib olişi uçun «tuynuk» kutib turgan», dedi Putin.

Rossiya prezidenti teraktdan keyin 11 kişi hibsga olinganini ma’lum qildi, ammo ularning kimligini aytmadi. Uning sözlariga köra, hozir asosiysi «qon tökilişi ortida turganlar»ning yangi jinoyatlar sodir etişining oldini olişdir.

«Biz Rossiyaga hujumni tayyorlagan har bir şaxsni aniqlaymiz va jazolaymiz», dedi Rossiya prezidenti.

Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da 22 mart kuni sodir etilgan terakt oqibatida 115 kişi halok bölgan. Konsert zali vayronalarini tozalaş işlari davom etmoqda, qurbonlar soni ortişi mumkin.

Tergov qömitasi terakt haqidagi modda böyiça jinoiy iş qözğatdi.