Muhammad alayhissalomning hayoti haqidagi veb-serial birinçi marta sun’iy intellekt (SI) yordamida Pokiston va Singapur ijodkorlari tomonidan yaratildi. Bu haqda Arab News xabar berdi.

«Muhammad: olamlar uçun rahmat» (ing. «Muhammad: The Mercy for the Multiverse») deb nomlangan veb-serial musulmonlar uçun köngiloçar videoxizmatlarni taqdim etuvçi MuslimPro tarkibiga kiruvçi Qalbox va ma’naviy ta’lim uçun onlayn platforma bölgan Qur'anscape hamkorligi mahsulidir.

MuslimPro veb-saytida payğambarning vizual tasvirini öz içiga olmagan serial tavsifida şunday deyilgan:

«Payğambarimiz Muhammad alayhissalom hayotini, payğambarlikdan oldingi bosqiçlarni, vahiydan keyingi qiyinçiliklarni va şafqatli tabiatini tasvirlovçi animatsion serialga şönğib keting».

Qalbox va Qur'anscape global dizayn jamoasi a’zolari Singapur, AQŞ, Buyuk Britaniya va Pokistonda istiqomat qiladi. Texnik işlarning asosiy qismi Pokistonda amalga oşirildi. Ssenariy muallifi pokistonlik Fotima Sattor bölib, serialga Qur'anscape boş direktori bölgan pokistonlik Abbos Arslon prodyuserlik qildi.

Lohur şahrida joylaşgan Prompt Media Lab asosçisi Imod Xolid esa serialga rejissyorlik qildi. Uning sözlariga köra, jamoa «çuqur mazmunli hikoyalarni bayon qiliş uçun» generativ sun’iy intellektdan birinçilardan bölib foydalangan.

«Uşbu texnologiya bizga avlodlar uçun qadrli bölgan hikoyalarni bugungi kunning turli auditoriyalari uçun sodda va tuşunarli tarzda taqdim etiş imkonini berdi», dedi Xolid.

Ssenariy muallifi Fotima Sattor turkum uçun tadqiqotini maşhur pokistonlik-amerikalik olim Yosir Qoziy ma’ruzalari bilan boşlaganini aytdi.

«Muddat juda qisqa edi, şuning uçun men bundan ortiğini öqişga ulgurmadim, lekin bizda muftiy (ulamo) bor, u barça loyihalarni öqib çiqdi va men yöl qöygan xatolarni mehr bilan tuzatdi», dedi Sattor.

Ijroçi prodyuser Said Xonning aytişiça, Muhammad payğambar davrining öziga xos muhiti va madaniyatini qayta tiklaş ba’zi muammolarni keltirib çiqargan. Tasvirlarni mualliflarni qoniqtiradigan darajada yaxşilaş uçun SI tahrirlaş vositalaridan keng foydalanilgan.

Serial 10 qismdan iborat bölib, ulardan ikkitasi MuslimPro tomonidan faqat Qalbox platformasida namoyiş etiladi.