Rossiyada yaşovçi Ozarboyjon fuqarosi Komil Nasibov Moskva yaqinidagi “Krokus” konsert zalida röy bergan terakt vaqtida yuzdan ortiq odamni qutqarib qoldi. Bu haqda “Shot” Telegram-kanali xabar bermoqda. Kanaldagi xabarning birlamçi talqinida Nasibov Özbekiston fuqarosi ekani aytilgandi, keyinroq xabarga özgartiriş kiritilib, u ozarboyjonlik ekani ma’lum qilindi.
Komil Nasibovning aytişiça, u fojia röy bergan kuni dösti bilan qöşimça iş sifatida “Krokus”da ofitsiantlik qilgan. Ularning iş smenasi 19:55 da tugagan. Köçaga çiqişgaç, öq ovozlarini eşitişgan va qörqib eng yaqin binoga yaşirinişgan. Lekin keyin ortga qaytişga qaror qilişgan.
Komil öqdan yaralangan bir neça kişini avtomobil yöli yoqasiga sudrab çiqqan, maşina töxtatib, oqsoqlanayotgan bir ayolni unga ötqizgan, konsertga keç qolganlarni esa qaytarib yuborgan. Bino içida esa u eşiklarni buzib, odamlarga qayerga qoçiş kerakligini körsatib turgan.
“Hamma tutun içida qolganida pastki qavatdagi koridorlardan birida taxminan 80 kişidan iborat odamlar guruhini körib, ularga taşqariga çiqişga yordam berdim. Odamlarni qidirib yugurib yurganimda çiroği yongan holda polda yotgan telefonga közim tuşdi va yölni yoritiş uçun uni oldim. Telefon jiringlab qoldi – Kamilla ismi yozilgan edi, göşakda bir qiz baland ovozda qiçqirib, qutqarişlarini söradi. O‘ qattiq qörqib ketgandi, atrofida hamma narsa yonayotgani, ikkinçi qavatda ekanini aytdi”, – deya sözlab bergan u.
Komil qiz telefon qilgan vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining oldida turgan, qizning aytganlarini ularga yetkazgan. Şundan keyin qutqaruvçilar uning özini ham tutundan böğilgan holatida binodan olib çiqişgan. Qizni esa topişgan, keyinroq Komil topib olingan qutqaruvçilar orqali unga telefonni qaytarib bergan.
Avvalroq asli Qirğizistondan bölgan oilaning 15 yoşli farzandi Islom Xalilov ham “Krokus”da yuzdan ortiq odamni qutqarib qolgani haqida xabar berilgandi. U majmuada garderobçi bölib işlagan.













