Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi va Ğuzor tuman bölimi tomonidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi hamda "Xavfsiz daryo" boşqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar ötkazilgan.

Ularda fuqaro R.Q. va boşqalar noqonuniy daromad orttiriş maqsadida Qaşqadaryo daryosining Ğuzor va Qarşi tumanlari hududidan oqib ötuvçi qismining muhofaza zonasi hisoblangan yer maydonlaridan maxsus texnikalari yordamida özboşimçalik bilan 9,5 ming kub hajmdagi qum xomaşyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 948,6 mln söm zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (özboşimçalik) moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.