Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) direktori Aleksandr Bortnikovning fikriça, Moskvadagi «Krokus» konsert zalida amalga oşirilgan teraktni Ukraina, AQŞ va Britaniya taşkil qilgan.
«Ha, men şunday deb öylayman. Bizda hozirça umumiy ma’lumotlar mavjud, ammo ularning özidan köplab xulosalarga keliş mumkin», degan Bortnikov jurnalistlarning teraktga AQŞ, Britaniya va Ukrainaning aloqasi bormi, degan savoliga javoban.
FSB rahbariga köra, Ukraina Ğarbdagi ittifoqçilariga hamon nimagadir qodir ekanini körsatişga urinmoqda. «Bu uçun diversiya, terrorçilik aktlari taşkil qilişmoqda. Ukraina va Britaniya maxsus kuçlari rahbariyatining maqsadi şu. Moskvadagi terrorçilik aktini radikal islomçilarning özi, şuningdek, Ğarb davlatlari maxsus xizmatlari tayyorlagan deb hisoblaymiz. Ukrainaning bunga aloqasi bor», degan u.
Bortnikovning aytişiça, Ukraina Mudofaa vazirligi boş razvedka taşkiloti rahbari bölmiş general Kirill Budanov Rossiya uçun qonuniy nişon hisoblanadi.
«Hali barçasi oldinda. Terakt buyurtmaçisi hozirça aniqlanmadi. Ammo biz bu jarayonni uyuştirgan, [ijroçilarni] yollagan va muayyan vazifalarni qöyganlar kimligini tuşunib, körib turibmiz.
Teraktda iştirok etganlar doirasi kengayib bormoqda, unga yordam berganlar soni hali ortadi.
Terrorçilarni Ukrainada kutib turişgan. Men kiçik bir sirni oçaman: narigi tomonda ularni qahramonlardek qarşi olmoqçi bölişgan. Ammo Rossiya terrorçilar Ukraina bilan çegaradan ötmasligi uçun barça işni qilişdi. Afsuski, Rossiyada terrorçilik tahdidi saqlanib qolmoqda», degan Bortnikov.













