Armanistonda rossiyalik tarğibotçi Vladimir Solovyovning RTR-Planeta telekanalidagi tok-şousi körsatuvlari bloklanadi. Bu haqda Armaniston televideniye va radioeşittiriş tarmoğiga tayanib, mahalliy OAV xabar berdi. 

Gap «Veçer s Vladimirom Solovevym» va «Voskresnyy veçer s Vladimirom Solovevym» dasturlari haqida ketyapti. Şu bilan birga, RTR-Planeta telekanali Armaniston hududida taqiqlanmaydi. 

Armaniston tomoniga köra, bunday qaror ommaviy kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik töğrisidagi arman-rus kelişuvi bandlarining doimiy ravişda buzilgani sababli qabul qilingan. Şartnoma moddalariga köra, «jamoat telekanallari va radiostansiyalari efirida tomonlar bir-birining içki siyosiy hayotiga aralaşuvga yöl qöymasliklari, şuningdek, xalqlar va davlatlarga nisbatan haqoratomuz mazmundagi körsatuvlarni çiqarib taşlaşlari şart». 

Armaniston Solovyov aynan qanday qoidabuzarlik sodir qilganiga oçiqlik kiritmagan. Biroq, sönggi paytlarda tarğibotçi respublika haqida haqoratomuz iboralarni muntazam ravişda aytib kelayotgan edi. 

Solovyov Armaniston rasmiylarining öz körsatuvlarini taqiqlaş haqidagi qarorini «söz erkinligining buzilişi» deb atadi. Uning qayd etişiça, Armaniston fuqarolarining aksariyati rus tilini biladi va rusça dasturlarni tinglaş va tomoşa qilişga odatlangan. 

Avvalroq, Armaniston rossiyalik tarğibotçilarning boş vazir Nikol Paşinyanga qarşi köplab tanqidlari sababli KXŞT a’zoligini muzlatib qöygan edi. Bundan taşqari, mart oyida Armaniston Rossiyaga Zvartnots aeroportida rossiyalik çegaraçilar faoliyatini töxtatiş uçun rasmiy xat yuborib, Rossiya bilan hamkorlikni qisqartiriş yölida yana bir qadam taşladi.