“O‘ztransgaz”da murojaatlar bilan ishlashning yangicha yondashuvlari
Fuqaro murojaatlari – xalq bilan muloqot qilishning samarali usuli. Ayni yo‘nalishda “O‘ztransgaz” AJda ham so‘nggi yillarda e’tiborli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mustaqil bo‘lim sifatida shakllantirilib, bevosita tashkilot rahbari bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Muammoli masalalar bilan tashkilot eshigini qoqqan fuqarolar uchun qabulxona tashkil etilib, zamonaviy talablar asosida jihozlandi. Jamiyat tizimidagi har bir boshqarmada murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha mas’ul xodim belgilandi.
Ularning murojaatlar bilan ishlashdagi qonunchilikka oid yangiliklar to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish maqsadida muntazam ravishda mas’ullar ishtirokida seminarlar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Umuman olganda, jarayon rasmiyatchilikdan xoli etildi, endilikda biror masalada tashkilotga murojaat qilgan fuqaro bilan o‘sha kunning o‘zida muloqot tashkil etiladi, muammo yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar nazoratiga olinadi.
Ayni faoliyatning natijasi o‘laroq joriy yilning birinchi kvartalida “O‘ztransgaz” AJga 700 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning 100 dan ortig‘i qanoatlantirildi, 400 dan ortiq murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan. Hududlardagi yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan masalalarni joyida o‘rganish, hududiy idoralarga nisbatan talabchanlikni oshirish maqsadida tizim tashkilotlarida sayyor qabullar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning birinchi choragi davomida joylarda 5 marta ishonchli vakil ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Endilikda fuqarolarga qulaylik yaratish, muammolarga zudlik bilan yechim topish, shuningdek vaqt va resurslarni iqtisod qilish maqsadida video-konferens-aloqa formatida ham fuqarolar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Aniq reja yo‘q” - Xastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?
Jamiyat | 21:09
-
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:52
-
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi
Jahon | 20:49
-
Rossiya Istanbulda muzokaralar o‘tkazishga va «murosalarga» tayyor - Medinskiy
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

17:00 / 27.12.2024
Gazlidagi boshqarma sexida yangi dvigatel o‘rnatildi

18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda

19:00 / 19.08.2024