Özbekistonda jismoniy şaxslarning tijorat maqsadida xorijdan avtomobil olib kirişi taqiqlanişi kutilyapti. Yangi avtomobillarni faqat dilerlar tomonidan olib kirilişi tartibini tiklaş ham reja qilingan.
Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi ötgan yili dekabrda muhokamalarga sabab bölgan edi. Texnik tartibga soliş agentligining Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, öşanda tanqidlardan keyin töxtatilgan loyiha hozir yana kun tartibiga qaytgan.
Agentlikning qayd etişiça, avtomobil importyorlari transport vositasi turini ma’qullaş hujjatini rasmiylaştiriş jarayonidan qoçib, bir turdagi transport vositasining har birini boşqa jismoniy şaxslar nomiga ötkazgan holda muomalaga çiqarib, içki bozorda sotib kelyapti.
Taklif etilayotgan özgariş kuçga kirsa, bojxonada avtomobillarni boşqa şaxs nomiga ötkaziş taqiqlanadi. Natijada xorijdan Özbekistonga transport vositalarini tijorat maqsadida faqat yuridik şaxslar olib kira oladigan böladi. Olib kirişdan oldin esa avtomobilning turini ma’qullaş talab etiladi. Buning uçun avtomobilning Özbekiston şaroitiga mosligi tekşiriladi.
“Butun dunyoda şu tartib işlaydi. Bizda ham şu narsa bor, faqat işlamayotgan edi, çunki bojxona hududida maşinalar birovning nomiga rasmiylaştirib olib çiqib ketiladi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilda “Muomalaga çiqarilayotgan ğildirakli transport vositalarining xavfsizligi töğrisida”gi 237-sonli umumiy reglament tasdiqlangan. Endi öşa reglamant asosida muvofiqlik sertifikatini oliş talab etiladi. Bu bilan Özbekistonni xavfsiz maşinalar bilan ta’minlaş va texnik reglamentlarga amal qilinişiga erişiş közlanyapti”, – deyiladi Texnik tartibga soliş agentligi Kun.uz'ga bergan rasmiy izohda.
Agentlikka köra, 202Z yil davomida 62 748 ta transport vositasiga 61 372 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylaştirilgan bölib, bu sertifikatlarning 99 foizi, ya’ni 60 451 tasi jismoniy şaxslar nomiga berilgan.
Bu esa, rasmiylarning aytişiça, yetkazib berilayotgan avtotransport vositalariga sotuvdan keyingi xizmat körsatiş, kafolat muddati doirasida bepul servis takdim etiş, ehtiyot qismlari bilan uzluksiz ta’minlaş masalalari oçiq qolişiga sabab bölmoqda.
















